Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan tuzilgan ishchi guruh Bekobod tumani Ichki ishlar bo‘limida o‘rganish olib bordi.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev, O‘zbekiston “Adolat” SDPdan saylangan deputat S.Shokirova, ekspert guruhi a’zosi J.Nurmuxammedov, “Yoshlar maslahat” guruhi a’zosi M.Yuldashev hamda ishchi guruhning boshqa a’zolari tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha 2026-yil II choragida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.