Tuman Kengashi huzuridagi “Ekspert” guruhi mas’ul kotibi Po‘lat Rahmonov hamda doimiy komissiya raisi Zafarbek Dovletov tuman elektr tarmoqlari korxonasida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha reja-tadbirlarning bajarilish holatini o‘rgandi.
📋 O‘rganish davomida elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash, mavjud infratuzilmani mavsumga tayyorlash hamda rejalashtirilgan ishlarning ijrosi tahlil qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.