35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📌 Fuqarolar murojaati – deputat nazoratida

📌 Fuqarolar murojaati – deputat nazoratida

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-“Mo’gol” saylov okrugi deputati Uzoqboy Almanov tomonidan Mo’g’ol mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🤝 Qabul davomida aholi tomonidan ichimlik suvi masalasi yuzasidan murojaatlar tinglandi.
📝 Har bir murojaat atroflicha tinglanib, masalalarning mazmuni joyiga chiqib o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish uchun nazoratga olindi.
🔍 Ayrim murojaatlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkazilishi, zarur hollarda tegishli idoralarga so‘rov va tavsiyalar yuborilishi belgilandi.
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3