35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📌 Xalq bankida qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri Xushnudbek Romanberganovich Sultonov hamda tuman Kengashi deputati S.Ahmedov tomonidan tuman Xalq banki filialida "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🏦 O‘rganish davomida bank tomonidan qonun talablarining ijro etilishi, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifati, kredit ajratish, murojaatlar bilan ishlash hamda mijozlarga qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimi tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish va xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.