35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 "Chag‘atoy" mahallasida dolzarb masalalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q.Raxamov hamda Sherobod tumani hokimi o‘rinbosari E.Musayev ishtirokida "Chag‘atoy" mahallasida tumandagi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📝 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va mulohazalar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

🌱 Muloqotda mahallalarni obodonlashtirish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

✅ Bunday uchrashuvlar davlat organlari va aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida hal etish hamda hududlarni yanada obod va farovon etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5