35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Tabiatni muhofaza qilish – har birimizning burchimiz

✔️Xalq deputatlari tuman Kengashining O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputatlik guruhi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur qonun tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni asrash hamda fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
✔️Targ‘ibot davomida aholi vakillariga tabiatni asrash, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va ekologik qonunchilik talablariga rioya etishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Deputatlar ekologik mas’uliyatni oshirish va sog‘lom atrof-muhitni yaratishda har bir fuqaroning faol ishtiroki muhim ekanini alohida ta’kidladilar.

Slide 1 of 1