35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI FAOLIYATI O‘RGANILDI

⚡️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati rahbariyati tomonidan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati faoliyati o‘rganildi.

➡️O‘rganish ishlari avvalida ishtirokchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar, ish jarayonida alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlar hamda o‘rganishni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

🔘Jarayon davomida kotibiyat faoliyatini yuritish, Kengash sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish, hujjatlar bilan ishlash, deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda nazorat tadbirlarini tashkil etish holati ko‘rib chiqildi.

👍Shuningdek, ish jarayonida mavjud tajribalar tahlil qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, ish yuritish tizimini takomillashtirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 6