35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Mahallalarda obodonlashtirish ishlari va Islohotlar shtabi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvoxidov Do‘stlik va Dilorom mahallalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda Islohotlar shtabi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida mahallalarda olib borilayotgan sanitariya-tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Islohotlar shtabi a’zolari tomonidan aholi o‘rtasida xonadon va hovli atroflarini ozoda saqlash, daraxtlarni oqlash, ko‘cha va jamoat joylarini obodonlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Slide 1 of 7