🔹 Mahallada obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "G‘ambur" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🚜 O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda bajarilayotgan ishlarning borishi yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha fikr almashildi.
🤝 Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, yo‘l qurilishi sifatini ta’minlash hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅ Obod mahalla — aholi farovonligi va hududlar taraqqiyotining muhim omilidir.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube