35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

💡 Muammo o‘rganildi – yechim sari amaliy qadam!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D. Saidova “Qoraqo‘yli” mahallasida bo‘lib, hududdagi elektr uzatish simyog‘ochlarining holati hamda ko‘chalarning tungi yoritilishi bilan bog‘liq muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar va fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar tegishli tartibda nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.

✅ Aholi murojaatlarini o‘rganish, muammolarni joyida aniqlash va ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2