Новости

Kengash_faoliyati

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 14-Bahoriston saylov okrugi deputati Jumayev Sirojiddin Nurqobilovich tomonidan "Bahoriston" mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va tashabbuslar atroflicha tinglanib, fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, ijtimoiy soha, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga doir masalalar muhokama qilindi.

Har bir murojaat mazmunidan kelib chiqib, tegishliligi bo‘yicha nazoratga olinib, ularni qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga joyida huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa ijroga yo‘naltirildi.

Muloqot jarayonida fuqarolarning fikr va takliflari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda aholining hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, xalq bilan doimiy ochiq muloqot olib borish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

Bunday uchrashuvlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda hududlarda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini qaror toptirishga xizmat qiladi.

Xalq bilan muloqot – muammolar yechimining eng muhim omilidir.

Slide 1 of 1