📌 Sherobod tumanida deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
💬 Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
🔹 aholi bandligini ta’minlash;
🔹 tomorqa yerlaridan samarali foydalanish;
🔹 mahallani obodonlashtirish;
🔹 xotin-qizlar muammolarini hal etish;
🔹 kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.
🏗️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori asosida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅ Bunday uchrashuvlar mahallalarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash hamda aholi bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.