Новости

#deputatlik_faoliyati 📊2026-yilning 6 oyi yakunlari: deputat faoliyati raqamlarda


Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ashrapova Iqborxon tomonidan 2026-yilning yanvar–iyun oylarida saylovchilar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududlardagi muammolarni o‘rganish hamda ularni hal etishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.

📌6 oylik faoliyat ko‘rsatkichlari:

📝Deputatlik so‘rovlari – 3ta

Saylovchilar murojaatlari va joylardagi dolzarb masalalar yuzasidan tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

🏛Sessiyalarda ishtiroki – 9 ta

Xalq deputatlari yunusobod tumani Kengashi sessiyalarida faol qatnashib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi manfaatlariga oid masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

📱Ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari – 45 marta

Deputatlik faoliyati, saylovchilar bilan uchrashuvlar, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borildi.