Новости

#_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida Sariosiyo tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari doimiy nazoratda
#_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida
Sariosiyo tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari doimiy nazoratda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Sariosiyo tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Ashurov o‘z okrugida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari M.Rajabov hamda X.Melikovlar bilan birgalikda "Tortuli" mahallasidagi 24-sonli maktabda bo‘lib, u yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Ushbu qaror asnosida "Tortuli" mahallasidagi 24-sonli umumta‘lim maktabi hududida qo'shimcha 300 o‘rinli yangi o'quv binosi qurilmoqda. Shuningdek, maktabning 100 o‘rinli eski binosini ham mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Deputat tomonidan olib borilayotgan bunday nazorat tadbirlari — davlat mablag‘larining xalq manfaatiga xizmat qilishini ta’minlaydi.
Slide 1 of 4