📌 Mahalladagi ijtimoiy muammolar deputat e'tiborida
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 25-Tallashqon saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri O. Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi (https://t.me/c/1181391810/5378) doirasida “Boyqishloq” mahallasida saylovchilar hamda mahalla ijtimoiy xodimi G. Murodova bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb ijtimoiy masalalar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.
📝 Bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.
✅ Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini topish hamda xalq manfaatlarini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.