Новости

Bozorda asosiy turdagi mahsulotlarning narx-navolari o‘rganild

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan tumanning markaziy dehqon bozoridagi “Elga xizmat” rastalarida asosiy turdagi sabzavotlarning narx-navolari o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida bozordagi savdo rastalarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning narxlari xaridorlar uchun ochiq va ko‘rinarli tarzda aks ettirilishi holati ham alohida ko‘zdan kechirildi. Sabzavot mahsulotlarining amaldagi narxlari ko‘rsatilgan maxsus axborot varaqalari savdo nuqtalariga joylashtirilgani qayd etildi. Bu esa xaridorlarning mahsulot narxlari haqida tezkor va aniq ma’lumot olishiga, savdo jarayonida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🔺Shuningdek, sotuvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, mahsulotlarni sun’iy qimmatlashtirmaslik, belgilangan savdo qoidalariga qat’iy rioya qilish, xaridorlarga xushmuomala munosabatda bo‘lish hamda narxlar haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilab borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1