Новости

#Kotibiyat_mudiri #162_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Hamrayev tomonidan "Nuroniy" mahallasida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, issiqxonalar faoliyati hamda daromadli ekinlarni yetishtirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Tashrif davomida xonadon egalari bilan muloqot qilinib, tomorqa yerlaridan yil davomida unumli foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda bozorbop mahsulotlar yetishtirishni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tomorqadan samarali foydalanishda qiyinchilikka duch kelayotgan fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ularni zarur urug‘lik va boshqa resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Tomorqadan oqilona foydalanish aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2