"Chorbog‘tepa" mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlari R.Rabbimov va N.Akramova tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Sharipovning hisoboti yuzasidan "Chorbog‘tepa" mahallasida bo‘lishdi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan quyidagi ishlarga qaratildi:
Bandlik va tadbirkorlik: Mahalladagi ishsiz fuqarolar hamda xorijdan qaytgan migrantlar bandligini ta’minlash, aholini tadbirkorlikka jalb etish ko‘rsatkichlari;
"Munosib mahalla" dasturi: Mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va loyihalar ijrosi;
Dasturlar ijrosi: "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chatlar ekilishi va hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari.
Deputatlar hokim yordamchisining ish hujjatlari va mahalla drayverlari aks etgan stend ma’lumotlari bilan tanishib, kelgusida aholi daromadlarini yanada oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalarni berishdi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook