Новости

#24_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi D. Ulog‘boyeva Zarafshon mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ernazarova Shahnozaning murojaati yuzasidan uning xonadoniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida fuqaroning ijtimoiy holati va yashash sharoiti o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng ota hovlisida bir nafar farzandi bilan istiqomat qilib kelmoqda. Hozirgi kunda ularning yashash sharoiti og‘ir ekani qayd etildi.

Uchrashuv jarayonida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan barcha masalalarni bosqichma-bosqich o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook.

Slide 1 of 3