Новости

Eskijuma mahallasida Imtiyozli kredit asosida yangi loyiha

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudirining navbatdagi manzili Eskijuma mahallasida faoliyat yuritayotgan “Aliyev Komil” oilaviy korxonasi bo‘ldi.
Mazkur oilaviy korxona mahalla hokim yordamchisining tavsiyasiga asosan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda aholiga hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga sifatli non va non mahsulotlari yetkazib bermoqda.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonida mahsulot sifati va sanitariya talablariga alohida e’tibor qaratilib, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, loyiha doirasida 4 ta yangi ish o‘rni yaratilib, mahalla aholisi bandligini ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shilmoqda.
O‘rganish davomida korxona faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3