Новости

XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI.

XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov 7-Yangiobod saylov okrugida bo‘lib, mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan uchrashdi hamda ularning faoliyati o‘rganildi.
Suhbat davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, oilalardagi ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1