Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov, hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Beshqo‘rg‘on mahallasidagi 25-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida maktabda amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–393-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyiha talablariga muvofiqligi yuzasidan mas’ullar bilan muhokama o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|