Новости

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Do‘stlik mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Do‘stlik mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholini qiynab kelayotgan ayrim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglanib, murojaatlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mahalla hududida obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, ko‘cha va jamoat joylarini ozoda saqlash, atrof-muhit tozaligiga e’tibor qaratish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida fuqarolar mahalla ravnaqi va hududni yanada obod qilish borasida o‘z takliflarini bildirdilar.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2