“Adolat” SDP Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayarov “Yoshlik” MFY aholisi bilan uchrashib, hududdagi dolzarb masalalarni o‘rgandi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Deputat tomonidan muammolarni hal etish, mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikda aholi xonadonlarini o‘rganish va ehtiyojmand fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.