Aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida aholi vakillari tomonidan Andijon shahar “Xursandlik” MFY hududida joylashgan OstonaGuzar ko‘chasiga 1 200 metr SIP kabel tortish hamda Turkiston ko‘chasiga 250 kVA quvvatdagi transformator punkti (TP) o‘rnatish zarurligi bildirildi.
Mazkur murojaatni ijobiy hal etish maqsadida Andijon shahar Elektr ta’minoti Bobur bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
Deputat so‘rovida mazkur masalani joyida o‘rganish, zarur amaliy ishlarni tashkil etish hamda ko‘rilgan choralar natijasi yuzasidan belgilangan 10 kun muddatda yozma ravishda axborot taqdim etish so‘raldi.
Aholi murojaatlari doimiy e’tiborda bo‘lib, hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.