Новости

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida Andijon shahar “Bunyodkor” MFY hududida joylashgan 39-A-sonli oilaviy yotoqxonada yerto‘la qismidagi oqova va suv tarmoqlarida nosozliklar mavjudligi, buning oqibatida yerto‘la qismi oqova suvlari bilan to‘lib qolayotgani aniqlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish, yerto‘la qismini ta’mirlash hamda to‘planib qolgan oqova suvlarni tortib chiqarish choralarini ko‘rish maqsadida “Andijon suv ta’minoti” AJ Andijon shahar filialiga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi murojaatlari doimiy e’tiborda bo‘lib, mavjud muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2