Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi huzurida “Yoshlar maslahat” guruhi faoliyatini faollashtirish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda guruh faoliyatini takomillashtirish, yoshlar muammolarini hal etishda ularning fikr va takliflarini inobatga olish hamda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi Andijon shahar bo‘limi boshlig‘i M. Azimov tomonidan 2026-yil II chorak yakuni bo‘yicha xalq deputatlari Andijon shahar Kengashiga hisobot tayyorlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Muhokama yig‘ilishida Kengash raisi R. Ziyayev, Kengash kotibiyati mudiri B. Mo‘ydinov, shahar Kengashi deputati
A. Appaqov hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘i M. Azimov ishtirok etdi.
Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.