💧 Saylovchilar murojaatlari va mavjud muammolar o‘rganildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tomonidan “G‘ambur” mahallasida saylovchilarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining mas’ul xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan masalalar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
🤝 Muloqot jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga zarur tavsiyalar berildi.
✅ Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.