Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputat tomonidan saylov okrugida uyma-uy o‘rganish ishlari olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugidan saylangan deputat A. Choriyev tomonidan saylov okrugida saylovchilar bilan uyma-uy yurish orqali suhbatlar o‘tkazildi.

👥 O‘rganishlar davomida fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari hamda takliflari joyida ko‘rib chiqildi va tegishli masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📝 Shuningdek, aholini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

🤝 Bunday amaliy uchrashuvlar fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning murojaatlariga tezkor yechim topish va hududdagi muammolarni samarali hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3