Новости

Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi masalalari ko‘rib chiqildi

 Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligi
masalalari ko‘rib chiqildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati,
madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi ekspert
guruhi hamda Yoshlar guruhi vakillari ishtirok etdilar. 

Мазкур йиғилишнинг Kun
tartibiдa tumanda
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik
faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limining hisoboti tinglandi va muhokama qilindi. 

Muhokamalar davomida mavjud holat tahlil qilinib, sohadagi ishlar
samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar
bildirildi.  

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan tegishli qaror qabul
qilinib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini
ta’minlash hamda ular ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borish
belgilandi.  

Slide 1 of 2