Новости

MUROJAATLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati M.Jumaniyozova tomonidan “bozor hududidagi avtobuslar to‘xtash joyida shart-sharoitlar yo‘q”ligi haqidagi saylovchilar murojaatni tegishli doimiy komissiya raisi B.Allabergenov hamda “Navbahor” MFY raisi ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasida bozor hududidagi I.Karimov ko‘chasida avtobuslar to‘xtash joyida yo‘lovchilar uchun haqiqatdan ham shart-sharoitlar yaratilmaganligi, ya’ni bekatning mavjud emasligi, yo‘l harakati xavfsizligiga rioya qilinmayotganligi, yashil hudud maishiy chiqindilar bilan ifloslanib qolayotganligi aniqlandi.

Mazkur masalani tezkorlik bilan hal qilish chora-tadbirlari bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.