Новости

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Saylovchilar bilan uchrashuvda muhim masalalar muhokama qilindi

🗣 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S. Abdulaxatova tomonidan “Kattabog‘” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, ta’lim sifati, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan bildirilgan fikr va takliflar tinglandi.

📝 Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar va takliflar qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish, mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda ijrosini nazoratga olish masalalari muhokama qilindi.

📖 Shuningdek, uchrashuv davomida deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ–598-son Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.

✅ Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5