Новости

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasida belgilangan Kengash qarorlari, deputat so‘rovlari va topshiriqlarining ijrosini monitoring qilish vazifasi doirasida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 2-martdagi VII-22-21-9-123-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish va muhokama ishlari olib borilmoqda.

Mazkur qarorga muvofiq tumanning “Navro‘z” mahallasida joylashgan “Yoshlar”, “Obodlik” va “Movarounnahr” ko‘chalarida asfaltlashtirish ishlari uchun tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirilib, yo‘llar tekislanib asfalt qoplamasi yotqizishga tayyor holatga keltirilgan.

Qaror ijrosining sifatli va belgilangan muddatlarda ta’minlanishi yuzasidan tuman Kengashi deputati A.Bo‘tayev hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Hakimov tomonidan nazorat va monitoring ishlari olib borilmoqda.

Slide 1 of 5