#deputatlar faoliyati
#O'rta Chirchiq tumani
#Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi holati o'rganildi
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan "Uyg'ur" MFY yoshlar yetakchisi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
📌O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, sport va madaniy tadbirlarni tashkil etish holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual ishlar, ularning muammolarini hal etish borasida ko‘rilayotgan choralar va olib borilayotgan ishlar ko'rib chiqildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube