#Deputat_sorovi_javobi
Axunov Jamshid Shodiyevichning deputatlik so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ulug‘murodov Bekmurod Ismoilovichdan javob olindi.
Xosa mahallasida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash masalasida 2026-yil 1-iyundagi 54-ds-377-26-sonli deputat so‘rovi asosida tegishli mas'ullar ishtirkida o‘rganish ishlari olib borildi.
Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-sonli qarori asosida Xosa mahallasini elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 3 dona turli quvvatli transformator punkti, 182 dona yuqori va past kuchlanishli temir beton ustunlar hamda 6.4 km tarmoq tortish ishlari olib borilayotganligi.
2026-yil iyun oyi yakuniga qadar ushbu hududda belgilangan ishlar yakunlanib aholi iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanishi, uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, yuzasidan kecha-yu kunduz nazorat qilinayotganligi takidlandi.
Hozirgi vaqtda ushbu hudud muntazam elektr energiyasi bilan ta’minlangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|