Oʻzbekiston Respublikasining Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisidagi Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 2019-yil 19-sentabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2019-yil 11-oktabrda Senat tomonidan maʼqullangan.
Mazkur Qonun mamlakatimizda toʻlov xizmatlarini koʻrsatish, elektron toʻlov vositalaridan foydalanish, toʻlov tashkilotlari va toʻlov tizimlari faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi.
Qonunning asosiy maqsadi:
✅ Toʻlov tizimlarining barqaror va xavfsiz faoliyatini taʼminlash
✅ Zamonaviy elektron toʻlov xizmatlarini rivojlantirish
✅ Toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
✅ Naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish
📖 Qonunchilikni bilish va unga rioya qilish — huquqiy madaniyatning muhim mezoni hisoblanadi