Новости

#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov va F. Quvvatovlar ishtirokida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda xizmat intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati, Prokuratura vakillari, korxona rahbariyati hamda shahar-tuman elektr ta’minoti xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tizimda korrupsiyaning oldini olish, qonunchilik talablariga rioya etish hamda xodimlar faoliyatida halollik va mas’uliyatni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir xodim va jamiyatning umumiy vazifasi ekani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3