Новости

Oqbuloq mahallasida asfaltlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov tomonidan Oqbuloq mahallasida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Deputat yo‘l qurilishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, asfalt qoplamasining sifatli va belgilangan talablarga muvofiq bajarilishiga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, ishlarning sifatli amalga oshirilishi, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishi hamda uzoq muddat xizmat qilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 4