Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi deputatlari O.Matg'oziyev, A.G'oziyev hamda mutasaddi tashkilot mas'ullari bilan birgalikda tuman markazidagi bolalar hiyoboni va o'yingohlarining bugungi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor bolalar o‘yin maydonchalarining xavfsizligi, hududning tozaligi, yoritish tizimlarining holatiga qaratildi.
Bog‘dagi ijobiy ishlar bilan birga, ayrim eskirgan o'yingoh jihozlarini ta’mirlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish zarurligi aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga deputatlik tavsiyalari berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
| Web.sayt |Telegram | Facebook | Youtube | Instagram |