Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li hamda Ishchanov Alibek Raximberganovich tomonidan Shovot tumanida Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar holati o‘rganildi.
🔍 O‘rganishlar davomida “Ruslon Sanat” oilaviy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish va savdo markazini tashkil etish loyihasi bilan yaqindan tanishildi.
📊 LOYIHA KO‘RSATKICHLARI
💰 Loyiha qiymati: 10 million AQSH dollari
👥 Yaratiladigan ish o‘rinlari: 100 dan ortiq
🏭 Yo‘nalish: Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish va savdo faoliyati
📍 Hudud: Shovot tumani
Mazkur loyiha hududda sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga xizmat qiladi.
✅ Deputatlar tomonidan investitsiya loyihalarining belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.