Новости

📌 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-23-38-12-177-K/26-son qaroriga asosan tumanda ijtimoiy reyestrga kiritilgan I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

🏠 Jumladan, Oltinqal’a mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro R.Otojanov xonadonini ta’mirlash hamda isitish tizimini yaxshilash uchun 61,8 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda amalga oshirilgan ishlar yakuniga yetgani joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati X.Ismailov hamda kotibiyat mudiri I. Masharipov, kotibiyat xodimi U.Ruzmetov bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida xonadonda yaratilgan sharoitlar, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilgan qurilish va ta’mirlash ishlari holati ko‘zdan kechirildi.

✅ Hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda energiya tejamkor tizimlarni joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 3