Новости

📌 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati X. Ismailov hamda kotibiyat mudiri I. Masharipov tomonidan tumandagi Oltinqal’a mahallasida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorining ish faoliyati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, jamoat tartibini saqlash hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, aholi bilan yaqindan ishlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅ Hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 2