Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmetjanovich “Obod makon” MFYda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
📍 O‘rganish davomida mahallada parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor R.Saparniyazovaning ish tajribasi bilan tanishildi.
🔹 Ma’lum bo‘lishicha, unga oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun xotin-qizlar faoli ko‘magida kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
🔹 Natijada tadbirkor parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘z biznesini rivojlantirishga erishgan.
🐓 Bugungi kunda u bozorlarga, savdo do‘konlari va umumiy ovqatlanish shoxobchalariga tovuq go‘shti yetkazib berib, barqaror daromad olib kelmoqda.
🤝 Uchrashuv davomida tadbirkor bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyatni yanada kengaytirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi imkoniyatlardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
📌 Bunday tashabbuslar xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.