Новости

“Sadaf” MFYda deputat va aholi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilandi.

 Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi.

 Deputat aholi bilan doimiy muloqot qilish, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

 Bunday uchrashuvlar fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 2