#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#24_ta_masala
Payariq tumani hududida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlar doirasida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri J.Axunov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Ushbu jarayonda 2025-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan loyiha – Zarafshon mahallasi Qo‘shtepa qishlog‘i hududida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan tashabbusning amalga oshirilishi ko‘zdan kechirildi.
Loyiha doirasida transformatorlarni o‘rnatish, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish, elektr kabellarini tortish hamda ko‘cha yoritish tizimini (chiroqlarni) o‘rnatish ishlari bajarilishi belgilangan bo‘lib, umumiy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. O‘rganish davomida mazkur infratuzilma loyihasining aholi elektr ta’minotini barqarorlashtirish va ko‘cha infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|