Новости

🔹 DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

🔹 DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Anvar Jumaniyozov hamda Xayrulla Artiqov Taraqqiyot mahallasida faoliyat yuritayotgan dorixonalar faoliyatini deputatlik nazorati tartibida o‘rgandilar.
O‘rganish davomida aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash holati, dori-darmonlarning mavjudligi, saqlash sharoitlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan farmatsevtik xizmatlar sifati yuzasidan monitoring olib borildi.
Shuningdek, dorixona mas’ullari bilan muloqot qilinib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, zarur dori vositalari zaxirasini muntazam shakllantirib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Deputatlar tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.                                                               

Slide 1 of 1