Mahalladagi mavjud muammolar va amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 12-Obod yurt saylov okrugidan saylangan deputat N.Allamuratova hududidagi “Obod yurt” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan uchrashdi.
Tashrif davomida mahallada mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va fuqarolar farovonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Uchrashuv yakunida mahallada mavjud muammolarni bartaraf etish hamda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.