Новости

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Isaqulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 265-I-sonli “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasalarida fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, shifokorlar qabuli, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda aholining murojaatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida bo‘lib, bu boradagi o‘rganish va monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 4