Новости

Fuqarolar murojaati asosida jamoat transporti masalasi o‘rganildi

Fuqarolar murojaati asosida jamoat transporti masalasi o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston ekologik partiyasidan saylangan “4-Qoryog‘di” okrugi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan tumandagi “Bekobod” mahallasi hududida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi.

📁 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri — jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati hamda chiptalarni olish uchun yaratilgan qulayliklar masalalari yuzasidan Istirohat ko‘chasidagi “Bekobod” va “Bog‘ichinor” ko‘chalari kesishmasida joylashgan avtobus bekati holati ko‘zdan kechirildi.

🚌 O‘rganish davomida hududda hozirgi kunda 147 hamda 17T avtobus yo‘nalishlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgani, biroq bekat infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholiga qulay va xavfsiz sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.

🗂 Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 757-sonli “Hududlarda jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablari ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur qarorga muvofiq, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yida avtobus bekatlari Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining hududiy tashkilotlari tomonidan tashkil etilishi belgilangan.

📝 Aniqlangan muammo va takliflarni mutasaddi tashkilotlarga yetkazish hamda masala yechimini jadallashtirish maqsadida deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilandi.

💼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda “Bekobod” MFY raisi Djalolov Sodiq Jamalovich ishtirok etdilar.

Slide 1 of 4