Новости

Yoshlar bandligi va tashabbuslari — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili Sh. To‘raqulova O‘zbekobod mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning qiziqishlari, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tadbirkorlikka jalb etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi. Bandlikni oshirish, yangi imkoniyatlar yaratish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

✨ Yoshlar kelajagi — yurt taraqqiyoti poydevori!

Slide 1 of 3